"Oilada urush-janjal bo'lsa, o'z uyidan bezor bo'lsa, bola uydan qochib ketadi", - deb o'ylashadi. Statistikaga qaralsa, oilaning qandayligi emas, nazorat va e'tiborning yo'qligi bolani beboshlikka yetaklaydi. Maktabdan keyin musiqa darslariga qatnagan bola o'rtoqlari bilan juda o'ynagisi keldiki, uyga biroz kechikib borishni afzal ko'rdi. Nega bu holat yuz berdi? Bola bilan dildan suxbat qurilmagani, bolaning ota-ona ixtiyori bilan har xil to'garaklarga berilishi uning erkin o'sishi o'rtoqlari bilan o'ynash istagiga qarshi chiqdi. Farzandingiz miyasidagi erkinlikni paydo qilish lozim. U o'ziga yoqqan ehtiyojni sizga bildirishdan qo'rqmasligi kerak. Kunini sizning yordamingizda o'zi rejalashtirishni o'rganishi kerak. Butun umir...