B
Bittasi
@bittasi
3 posts

O'zbek tadbirkoriga TRIZ yordamida topilgan yechim

Bir tanish tadbirkor akamiz ingliz tilini oʼzlashtirishga yordam beradigan "nastolnaya igra" (board game) ishlab chiqarmoqchi boʼlgan edi. Uning komponentlari qalin kartondan qilinishi kerak ekan va karton yuzasidagi harflari maxsus qolip press yordamida boʼrttirib, relyefli holatda boʼlishi koʼzda tutilgan edi. Muammo shundaki, yasab beruvchi sex, kartonga harf tushiruvchi press-qoliplar uchun 20 ming dollar pul kerak boʼlishini aytgan. Tadbirkor boshlangʼich bosqichda, hali produkt bozor koʼrmagan va qanchalik yaxshi sotilishi nomaʼlum boʼla turib, bu mablagʼni birdan tikishga ikkilangan va "shuni arzonroq yechimi bormikin, trizga solib oʼylab koʼraylik", deb taklif qildi. Аvvalo trizsiz hal qilsa boʼlarmikin, deb izlanish qildim...

Kimning ko‘zi ko‘r?!

(Tafakkurga chorlovchi hikoya) Xotinim ilk farzandimizni tuqqanida o‘ttiz yoshda edim. O‘sha kechani hanuz eslayman. Daydi o‘rtoqlarim bilan yarim tungacha choyxonalardan birida gap sotib yotdik. Ma’noli biror gap bo‘lganini eslolmayman, quruq oldi-qochdi, g‘iybat, haromga to‘la gaplar bilan liq to‘lgan bir kecha edi. Gapga ustaroq bo‘lganim uchun suhbat jilovi mening qo‘limda, turfa qiliqlar, gaplar bilan sheriklarni kuldirar edim. O‘sha kech ularning juda ichaklarini uzdim. Kishilar ovoziga, qiliqlariga taqlid qilish qobiliyati menda chakana emasdi. Go‘yo ovozni o‘zgartirish muruvvati iyagim tagida turgandek tomog‘imga qo‘l yuborib bir burab qo‘yardim-da, falonchi bo‘lib olardim. Keyin sal o‘tmay, yana tomoqni bir burab, pistonchi...