Mirzadavlat UMAR
@mirzadavlat_umar
@psycholog_diary , @jadidlar_sahifasi kanallarim
4 posts

Qalb ilmi egasi - Erix Fromm

Jeyms Joys jahon adiblari haqida

“Yozuvchi bo‘lishdan avval o‘quvchi bo‘lish kerak”. Bu – aksioma. Zero, Abdulla Qodiriy ta’kidlaganidek, “Yozuvchi birovni takrorlab qo‘ymaslik uchun ham o‘qishi kerak”. Agar tarixga nazar tashlansa, ko‘plab buyuk adiblar mutolaa orqali mahoratini oshirganini ko‘rish mumkin. Jumladan, Jeyms Joys ham. Gabriele D’Annuntsio. Frantsuz adibi Floberdan keyin Tolstoy, Yakobson va D’Annuntsio yaxshi romanlar yozdi. Gans-Kristian Andersen – Daniyadagi eng yaxshi yozuvchi. Dunyoda undan yaxshi yozadigani yo‘q. Hech kim Andersenchalik tarixni bolalarga yaxshi hikoya qilib berolmaydi. U – jahonda noyobdir. Stendal asarlari Napoleon urushlari, ya’ni frantsuzlar dunyoga hukmron bo‘lgan davrlar haqida. Uning pozitsiyasi shunday. Bundan tashqari...

Lev Tolstoy. Uch o‘lim (hikoya)

I Kuz payti edi. Katta yo‘lda ikkita yengil arava shiddat bilan yelib borardi. Oldindagi karetada ikki ayol o‘tirardi. Ularning biri oriq va rangsiz beka, ikkinchisi silliq, qip-qizil yuzli, semiz oqsoch ayol edi. Oqsoch xotinning kalta, quruq sochlari tussiz shlyapasi ostidan chiqib turar, u sochlarini dam o‘tmay yirtiq qo‘lqop kiygan lo‘ppi qo‘llari bilan to‘g‘rilab qo‘yardi. Shol ro‘mol ostidagi baland ko‘kraklari tirsillab turar, o‘ynoqi qora ko‘zlari goh derazadan lip-lip o‘tib turgan dalani kuzatar, goho bekasiga hadiksirovchi nazar tashlar, gohida besaranjomlik bilan kareta burchaklariga boqardi. Oqsoch ayolning ro‘baro‘sida bekasining setkaga tashlab qo‘yilgan shlyapasi tebranib turar, tizzasida esa kuchuk bola yotardi. Oyoq...

Aziz Nesin. Demokratiya shunqori (hikoya)

Shakarpazlikda bobomning oldiga tushadigan odam bo‘lmagan ekan. Otam rahmatlik serg‘ayrat odam bo‘lganidan do‘kon ochib, qandolatfurushlik qila boshlabdi. Yonimizdagi miskar ancha bema’niroq ekan, kelgan xaridorlarning eshagini to‘g‘ri do‘konimizning oldiga bog‘lataveribdi. Buni ko‘rib otamning jahli chiqibdida, miskarlik hunarini ham o‘rganib olibdi. Unga achchiq qilib miskar ham qandolat sotishga o‘tibdi. Ro‘parada bir bazzoz bo‘lardi, o‘sha deng hamma axlat suvini qandolatxonamizning oldiga shaloplatib to‘kish odatini chiqaribdi. O‘sha vaqtlarda yosh bola edim, otam: — Biri do‘konimning oldiga eshagini bog‘lasa, ikkinchisi mag‘zavasini to‘ksa, shu ham insofdanmi. Endi mendan ko‘ringlar! — deb baqirib-chaqirgani hali-hali esimda...