July 6, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: DIQQАT IShONMАNG!!!  BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari<⛔️telegramm kanalida MChJ tashkilotning obro‘sizlantiruvchi maʼlumot tarqaldi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Kecha 5 iyul kuni soat 23:32da BO'STONLIQ>Murojat va Yechimlari<⛔️ telegramm kanalida quyidagi mazmunda – #suv taminoti
#chirchiq

Chirchiq suv taminotida nosozliklarni bartaraf qilishda yog'och ponalardan foydalanish xanuz bor ekan.

Demak suv taminoti masullari yog'och ponalarni xam tendirga qo'yib xujjatlar asosida sotib olisharmikin,eng qizig'i ponalarni chidamiyligi (garantiyasi) va sertifikati xam bor bo'lishi mumkinmi.

– deb, videolavha berilgan. (matnli murojaat tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahri boʼlimi quyidagilarni maʼlum qiladi.

2023-yil 5-iyul kuni soat taxminan 09:50da “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahar bo‘limining dispetcherlik xizmati ☎️ (70) 717-01-60; 717-11-04; 717-19-96 ga “Yulduz” MFYda istiqomat qiluvchi Fuqaro Yu.H. tomonidan 1- kichik nohiya 50-uy oldida suv quvur nosozligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 1- kichik nohiya 50-uy oldida diametri Ø200 mm li suv quvurida yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.

Chirchiq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, 5-iyul kuni quvurdagi suv butunlay to‘xtagandan so‘ng, maxsus uskunalar bilan diametri Ø200 mmli 2 metr suv quvuri almashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, BO'STONLIQ>Murojat va Yechimlari<⛔️ telegramm kanalda 2 ta axborotni to‘g‘riligini tekshirmasdan MChJ tashkilotning obro‘sizlantiruvchi maʼlumot berilgan:

1. joriy yilning 19 iyunida BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida axborotni to‘g‘riligini tekshirmasdan videolavha e’lon qilingan edi.

2. 24 iyun soat 09:40(42)da BO'STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida axborotni to‘g‘riligini tekshirmasdan videolavha e’lon qilingan edi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, sohaga dahldor muammo va boshqa maʼlumotlarni OАV hamda axborot resurslarda eʼlon qilinishdan oldin, qanchalik to‘g‘rilikni tekshirib, taqqoslab olinishi so‘raladi.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmog‘da tarqalgan ushu videolavhalar O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonunning 12 (1)-moddasining 2-qismiga muvofiq buzulgan.

Xususan “hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, uni darhol o‘chirib tashlashi” – deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Matbuot xizmati