Umrining so‘nggi yillarida Tolstoy axloqiy, siyosiy va diniy mavzularda yoza boshlagan. U har qanday cherkov yoki hukumat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga emas, balki Xudoni sevish, uning amrini bajarish orqali shaxiy kamolotga intilish hayotning eng yaxshi yo‘li ekanligiga qat’iy ishonch hosil qildi. 1901-yilga kelib, Tolstoyning radikal qarashlari uning rus pravoslav cherkovidan chetlatilishiga olib keldi. Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so‘nggi yirik asarlaridan biri “Tirilish” romani (1889-1899) da o‘z aksini topdi. Dastlab asar nomi “Konevskaya hikoyasi” bo‘lgan. 1887-yil iyun oyida huquqshunos Anatoliy Fyodorovich Koni so‘zlab bergan bir sud jarayoni haqidagi hikoya asar yaratilishiga turtki...
Yozuvchida bu asarni yaratish fikri 1889-1890-yillarda paydo bo‘lgan. Bu davrda Rossiyaning eng taniqli shaxslaridan biri bo‘lgan Tolstoy badiiy ijod qatorida ko‘plab jamoatchilik yumushlari bilan ham band edi. Shundanmi yoki ijodiy muvozanat talabi bilanmi, “Avliyo Sergiy” borasidagi ishlar ancha cho‘zilgan. Dastlab hammasi jadal ketgan: O‘zining yaqin do‘sti va noshiri Vladimir Chertkovga yozgan xatlarida (qissani ham unga bag’ishlamoqchi edi), kundaligidagi qaydlarida Sergiy otani bot-bot eslatib turgan. 1990-yilning 8-iyunida kundaligida “Sergiy otani boshladim, uning ifodasi haqida chuqur o‘ylab oldim, barcha e’tibor – u kechiradigan ruhiy holatlar tadrijida”, degan qayd uchrasa, sentabrda yozgan xatida ijodiy ish, xususan, syujet...