Sohibqiron Amir Temur shaxsi jahonning ko‘pgina ijodkorlarini doimo qiziqtirib kelgan va bu jarayon davom etayotir. Frantsiyalik adib Marsel Brion ham Amir Temurni frantsuzlarga tanitishga o‘z hissasini qo‘shgan ijodkorlardan. Bu mavzuda u imkoni qadar yozgan, Sohibqiron hayotidan hikoya qiluvchi tarixiy asarlardan parchalarni frantsuz tiliga tarjima qilgan.