Elektron kutubxona
@e_kutubxona
10 posts
Yozuvchilar

Folkner olami

Oksford (AQSh) shaharchasi aholisi orasida dunyoga mashhur hamshahari, yozuvchi Uilyam Folkner haqida qiziq latifalar yuradi. Bir kun dehqondan xarid qilgan oziq-ovqatlar uchun chek (hisob-kitob) qog‘ozini olarkan, yozuvchi uning orqasiga: “Sizga to‘lash uchun hozir pulim yo‘q. Lekin bir kunmas bir kun shu qog‘ozdagi imzoim qarzimdan ancha qimmatroq baholanadi”, deb yozadi. Hazil hazil bilan, lekin bugungi kunda Folknerning har bir dastxati oltindan-da qimmat. Jahon adabiyoti tarixida Folkner egallagan o‘rin mustahkamligini nafaqat nasriy asarlari, balki muxlislari huzurida so‘zlagan nut­qlari, esse, maktub va kundaliklaridan iborat kitoblarining katta adadlarda chop qilinishi, ko‘plab tillarga tarjima etilayotgani tasdiqlab turibdi.