Komil
@komil_sunnatullayev
3 posts

Rikformer hamda Mortitronlar qo'llanmasi: A-dan Z-gacha.

Rik va Morti - so'nggi yillar, yoki dekadaning eng ko'p muhokama qilingan sitkomi. Hozirda uning massiv fan bazasi, o'zining butun dunyo bo'ylab tarqalgan merchlari, yokida sizda kunda-kunora duch keladigan internetdagi memlari bor. Xo'sh, bugun ularning muxlislari uchun ajoyib kun. Ushbu sitkomning fenomeni nimada, nimaga u buncha mashhur, qaysi jihati uni boshqa sitkomlardan ajratib turadi, hamda nega aynan bu shouni hamma ko'rishi shartligi borasida izlanishlar olib boramiz. Boshidan oxirigacha, yoki A-dan Z-gacha, qulayroq joylashib oling, demak boshlaymiz.

Radikal kino: provakatsiya, skandal, zo'ravonlik

Avvalo boshlashdan oldin kelishib olaylik, mening fikrimcha radikal kino nima, hamda qanday filmlarni men bu ro'yxatga qo'shaman. Radikal kinolar bu men uchun, odatiy hikoya uslubidan voz kechadigan, tomoshabinlarga bo'lgan qulaylik ikkinchi darajaga tushadigan, ba'zi normalarni o'z chegarasidan ortiqroqqa sura oladigan, joyi kelganda provakatsion bo'ladigan filmlar. Odatda bunday filmlar jamiyatdagi tilga olinmay qolib ketadigan yoriqlarni, insonga bir qaraganda ilg'ash qiyin bo'lgan qusurlarni, yoki uning boshdan o'tkazishi mumkin ba'zi psixologik holatlarni noodatiy tarzda bizning ko'zimizga oyna kabi tutuvchi filmlar (tan olish kerakki hammasi ham o'ziga qo'yilgan vazifani 100 foiz bera olmas balki, balki bu ham bizning nuqta-i...

Kuz - melanxoliya, qayg'u, depressiya davri

Kuz fasli doim men uchun qanaqadir g'amginlik so'zi bilan sinonim bo'lib kelgan. Bugungi ro'yxatdagi filmlar insonning tushkun ruhiy xolatdan olib chiqish uchun, yoki hech bo'lmaganda shunday holatlarda ko'rish uchun yaroqli ekani orqali birlashib turadi. Doimgiday ro'yxatda filmlar hamda bitta +bonus bo'ladi. Yoqimli tomosha.