Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi AQShdagi safari davomida Illinoys shtatining Chikago shahridagi Shimoliy-Sharqiy Illinoys universiteti (NEIU universiteti) TESOL dasturi koordinatori hamda ko‘p tilli o‘quv markazi direktori Jeanine Ntihirageza va TESOL dasturi dotsenti Ulugʻbek Nurmuhammedovlar bilan uchrashdi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son Qaroriga muvofiq TESOL sertifikati xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi хalqaro tan olingan IELTS, TOEFL iBT, TOEFL ITP, APTIS kabi sertifikatlar qatoriga kiradi. TESOL (Teaching English to speakers of other languages) – metodik dastur bo‘lib...
Aziz doʻstlar! Hurmatli xonimlar va janoblar! Avvalo, men turk qardoshlarimizga, xususan Turkiya oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar bey janoblariga, Istanbul texnika universiteti rektori Xasan Mandal bey janoblariga, YUNESKO ishlari boʻyicha Turkiya Respublikasining milliy komissiyasi raisi Ojal Oguz bey janoblariga va barcha tadbir qatnashchilariga ushbu marosimda ishtirok etayotganingiz uchun, samimiy mehmondoʻstlik va hurmat-ehtirom uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan chin qalbimdan tashakkur izhor etmoqchiman. Biz, Oʻzbekistondan kelgan doʻstlaringiz oʻzimizni mehmon sifatida emas, balki oʻzimizga eng yaqin va eng qadrdon, koʻnglimiz ham, qalbimiz ham, niyat va maqsadlarimiz ham bir oilada, deb his etmoqdamiz. Hurmatli...
Oʻzbekiston-Turkiya uchinchi taʼlim forumi ishtirokchilarini samimiy qutlayman. Bugungi tadbirda ikki mamlakatning 60 dan ortiq nufuzli oliygoh rahbarlari ishtirok etmoqda. Aytib oʻtib joizki, soʻngi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida keng qamrovli strategik sheriklik aloqalari yuqori surʼatlarda rivojlanmoqda. Turkiya bugun Oʻzbekistonning barcha masalalarda eng yaqin hamkoridan biri.Gapimning isboti sifatida eʼtiboringizni quyidagi raqamlarga qaratmoqchiman. Joriy yilning oʻzida savdomiz 2 mlrd. AQSH dollariga yetdi, 150 ta shirkatlar ochildi (jami – 1850 ta), 1,2 mlrd. AQSH...