Sokin tun…. Ovozi pastlatib qo‘yilgan radiodan taralayotgan maxzun kuygina bu xonadonda hayot davom etayotganini anglatardi. Qo‘shni uydan quloqqa chalinib turadigan g‘ala-g‘ovurlar ham bugun tinch. Goh-gohida issiq o‘rnida miriqib uxlayotgan bolaning g‘ingshishi jimlik pardalarini yorib o‘tardi-yu yana tin oladi. Qani u ham bola bo‘lib qolsa…. Beg‘ubor, betashvish… va beg‘am damlarga qayta olsa… Havoning issig‘idan bo‘g‘riqib uyg‘ongan Layloning uyqusi qochgandi. Qo‘li bilan yon-verini paypaslab, telefonini topdi. Zimistondan yorishgan nurdan ko‘zlari qamashdi. Ko‘zini yirib ochib, soatga qaradi. Yonida yotgan bolasining ustiga yengil yopinchiq tashlab, o‘rnidan turdi. -Haliyam kelmabdi… – dedi o‘ziga-o‘zi narigi xonadagi erining...
Kuz quyoshi ostida mudrayotgan shahar ko‘chalarida yupun kiyingan, kalta sochlari qirovlagan ozg‘in kampir tushiga changali dov qarchig‘ay kirganini ayta-ayta so‘ylanib yurar edi…
– Familiyangiz!? – Choxeli. – Ismingiz? – Butula… – Kasbingiz? – Qishloq ruhoniysi. – Kimdan shikoyat qilayapsiz? – Maxare Shugliarui…dan. – Xo‘sh, shikoyatingiz nimadan iborat? – Shundan iboratki, senga aytsam, ular mening xususiy qarg‘amni o‘zlariniki qilib olishdi. O‘zlariga og‘dirib olishdi-yu, qaytarib berishmayapti, senga aytsam… U endi bizniki bo‘ldi, deyishayapti, senga aytsam… – Qanaqasiga sizning xususiy qarg‘angiz bo‘ladi? Nima siz meni kalaka qilayapsizmi?! – U mening qarg‘am ekanini hamma biladi: pichan o‘rgani borsam, orqamdan uchib boradi. Yer haydagani jo‘nasam, izimdan ergashadi… Ular bo‘lsa o‘zlariga og‘dirishdi… – Shoshmang, shoshmang… demak, sizning xususiy qarg‘angiz bor edi, shundaymi? O‘sha qarg‘ani qanaqa deb...
Teshikmozor qishlog‘i Andijondan yursangiz Poytuqqa kiraverishda… Qishloqning nomi nega Teshikmozor deb hayron bo‘lmang. Buning o‘tmish bilan bog‘liq asosli sabablari bor. Izohi, endi, alohida mavzu. Teshikmozorning, men sizga aytsam, har bir fuqarosi hangoma. Ayniqsa, Otash xobboni va Bo‘tash gupir bilan bog‘liq gaplarni yig‘ib kitob-pitob qilinsa bormi, maqtanyapti demangu, bir ajabsanda asar bo‘lardi-da. Ha, teshikmozorliklarning dunyoni lol qilgulik juda ko‘p hangomalari bor. Faqat bir kamchiligi, bu manzil-makon bilan bog‘liq beg‘araz, betakror shumligu qitmirliklarni elga manzur tilda ifodalab beradigan zo‘r hajvchi yozuvchisining yo‘qligi. To‘g‘ri, Teshikmozordan besh-o‘n chaqirim atrof doirada, dovrug‘i dovonlar oshgan Qamchibek...
– Bekam, kechirasiz, siz bilan bir daqiqagina gaplashsam bo‘ladimi? Bu iltimos bir qarashda ahmoqona bo‘lib tuyulishi mumkin edi: miss Marplning jikkakkina xizmatkori Edna ayni vaqtda o‘z bekasi bilan gaplashayotgandi. Miss Marpl unga ruxsat berdi: – Edna, albatta, ruxsat. Kiring. Eshikni yoping. Eshikni astagina yopib, Edna xonaga kirdi; uning qo‘llari tinmay fartug‘ining chetlarini g‘ijimlardi va hayajondan u bir necha marta yutinib qo‘ydi. – Qulog‘im sizda, Edna, – qizni suhbatga chorladi miss Marpl. – Bekam, mening amakivachcham Gleddi… U ishidan ayrilib qoldi. – Voy, bechora. Tushunaman. Menimcha, u Old Xollda, opa-singil Skinnerlarnikida xizmat qilar edi, shekilli? – Ha, bekam, xuddi shunday. Gleddi juda ezilib ketyapti. – Lekin...
Bundan bir necha lahzagina Movarounnahr hukmdori bo‘lgan, “onhazrat”, “etta iqlim shahanshohi” va hakazo unvonlar sohibi Mirzo Ulug‘bek ko‘hna Ko‘ksaroy pillapoyalaridan tushib kelar ekan, ajabo, o‘zini bag‘oyat yengil sezdi. Ollohga shukur! U ortiq mashhur saltanat podshosi emas, uning yelkasida ulkan mamlakat tashvishi turgani yo‘q… U ham el qatori bir odam, xudoning bandasi. Mudarris, Ko‘hakdagi rasadxona mutasaddiysi…
Qishloqqa, singlimnikiga borishim kerak. Mashina izlab bekatga chiqdim. Eski “Jiguli” turibdi. Haydovchini tanidim. Narzilla degan yigit. Ozg‘in yuz, kalta mo‘ylov qo‘ygan. Yoshi,chamasi, qirq beshlarda. Yuziga taram-taram chiziqlar tushgan. Tajang fe’lidanmi… Uch-to‘rt bor mashinasiga o‘tirganman. Bir qarasang, rulni siqimlaganicha, mum tishlaganday indamaydi. Bir qarasang, ochilib-sochilib gaplashadi. G‘alati yigit. Lekin ko‘ngli toza. Yo‘l haqigayam talashmaydi. Berganingni olib, rahmat aytib ketaveradi. Narzilla meni tanib, mashinadan chiqdi. – Keling aka, – dedi. – Qishloqqami? – Bo‘shmisiz? – Ha-da! – U kabinaga o‘tirib, yonidagi eshikni ochdi. – Anchadan beri qoqqan qoziqdek turibman. Mijoz yo‘q. Men mashinaga o‘tirdim. Narzilla...
Jimjit avgust kechasi. Daladan asta-sekin tuman ko‘tariladi va ko‘z ilg‘agan hamma narsani oqimtil parda ichiga oladi. Bu tuman oy nurida goh tinch yotgan bepoyon dengizga, goh juda katta oq devorga o‘xshab ko‘rinadi. Havo sovuq, hamma yoq zax. Tong otishga hali uzoq. O‘rmonni yoqalab o‘tgan arava yo‘ldan bir qadam chetroqda chiroq ko‘rinadi. Shu yerda o‘sgan yoshgina dub daraxti ostida jonsiz bir tana yotibdi. Uning boshidan oyog‘igacha yangi oq choyshab yopilgan, ko‘ksiga yog‘ochdan qilingan katta krest qo‘yilgan. O‘lik qoshida, yo‘l yoqasida ikki mujik «navbatchi» bo‘lib o‘tiribdi. Bular, dehqonlar zimmasiga yuklangan eng og‘ir va noma’qul majburiyatlardan birini ado etmoqda. Biri — kalta yirtiq po‘stin va chipta choriq kiygan...
Biz oliy hunar maktabida o‘qiymiz. Ichimizda eng yoshi yigirma uchga chiqqan. Maktabimizga yangi direktor tayinlanganiga ikki oy bo‘ldi. U ishni oldingi direktor nimalar qilganini o‘rganishdan boshladi. Buni qarangki, oldingi direktor anchagina ishlar qilib qo‘ygan ekan. U maktab yerto‘lasini bir yarim metr chuqurlatib, suvoqdan chiqargan, oqlatgan va oshxonani shu yerga ko‘chirtirgan ekan. Yuqori qavatdagi oshxonani sinfxonaga aylantirgan ekan. Sinfxonasi bo‘lmagan maktabni maktab deb bo‘ladimi, axir! Oldingi direktor yana qanday karomatlar ko‘rsatgan? Uning buyrug‘i bilan sinfxona devorlari sariqqa, yotoqxona esa pushtiga bo‘yatilgan ekan. Xo‘sh, innaykeyin-chi? Innaykeyin, ilgari bitta partada ikki kishi o‘tirardi. Talabalar...