Buyuk allomalardan biri — mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziyning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy (umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atalgan) at-Termiziy bo‘lib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termizda, uncha badavlat bo‘lmagan oilada tavallud topdi. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tib, dastlabki ma’lumotni ham shu shaharda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi va noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan at-Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi o‘z bilimlarini muttasil oshirish uchun...
Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlaydi.
Mohir jurnalist va yozuvchi Yoʻldosh Shamsharov 1907 yilda Namangan viloyati Chust tumaniga qarashli Olmos qishlogʻida tavallud topgan. Avval eski maktabda, soʻngra yangi maktabda hamda qisqa pedagogik kurslarda taʼlim olgan.
XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.
O‘zbek xotin-qizlari orasidan yetishib chiqqan adiba Oydin (Manzura Sobirova) 1906 yil 20 noyabr kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Oydin 1919 yili Toshkent xotin-qizlar bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Uni 1923 yili tamomlab, o‘qituvchilik qiladi. Yoshlikdan adabiyotga havas qo‘ygan Oydin kichik-kichik she’rlar bilan matbuotda ko‘rina boradi. Samarqanddagi Pedagogika akademiyasida o‘qib yurgan paytlarida (1927—1933) Hamid Olimjon, Uyg‘unlar bilan yaqindan tanishuvi Oydin ijodida katta rol o‘ynaydi. Uning «Yangilikka qadam» nomli birinchi pesasi 1925 yilda bosilib chiqadi. «Tong qo‘shig‘i» (1931), «Chechan qo‘llar» (1932), «Oydin she’rlari» (1937) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan.
O‘zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yil 9 yanvarda Jizzax shahrida temirchi oilasida tug‘ildi. U sovet maktablarida o‘qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Jizzaxda tashkil qilingan «Sanoyi nafisa» to‘garagidagi ishtiroki bo‘lg‘usi dramaturg taqdirini bir umrga belgilab berdi. Nazir Safarov o‘zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan «Tarix tilga kirdi» (1931), «Uyg‘onish» (1939), «Sharq tongi» (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi. «Uyg‘onish»da 1916 yil qo‘zg‘oloni, «Sharq tongi»da Oktyabr to‘ntarishi, «Tarix tilga kirdi» (Ziyo Said bilan birgalikda yozgan)da milliy nizolar, «Kimga to‘y, kimga aza»sida ishchilar sinfining yangilik...
O‘zbekiston xalq shoiri, Hamza mukofoti sovrindori, taniqli dramaturg Sobir Abdulla 1905 yil 5 (18) sentyabrda Qo‘qon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va yangi maktablarda bilim olgan Sobir Abdulla 1924—1926 yillarda ishchilar tayyorlov kursini tamomladi. 1925—1948 yillarda «Yangi Farg‘ona», «Yosh leninchi» gazetalari, «Mushtum» jurnalida adabiy xodim, Andijon teatrida esa adabiy emakdosh bo‘lib ishladi.
Rahmatulla Otaqo‘zi o‘g‘li Uyg‘un 1905 yil 14 mayda Qozog‘iston jumhuriyati Jambul viloyatining Marki qishlog‘ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qishlog‘idagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida o‘qidi. 1925 yildan boshlab Toshkent qishloq xo‘jalik texnikumida o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Uyg‘un 1927 yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga o‘qishga kirib, Mirtemir, Hamid Olimjon, Amin Umariy, Hasan Po‘latlar bilan tanishdi.
XX asr o‘zbek adabiyotshunosligiga asos solgan va tanqidchiligining atoqli namoyandalaridan biri bo‘lgan Otajon Hoshim (Hoshimov) 1905 yilda Toshkentda dehqon oilasida dunyoga kelgan. U dastlab eski maktab va madrasalarda, shuningdek, rus-tuzem maktabida ta’lim olgan. 1922—1924 yillarda Moskvada ishchilar fakultetida tahsil ko‘rgan. Qizil professorlar institutini tugatgach, O‘zbekiston Maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash rahbari, keyinroq esa O‘zbekiston Fanlar Qo‘mitasining raisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
G‘ozi Olim Yunusov (G‘ozi Yunus, 1893 — Toshkent shahri — 1938.4.10) — tilshunos, folklorshunos olim. Turkiya universitetida, Anqaradagi «al-Azhar» madrasasida o‘qigan (1912—14). 1918 yil iyulda Turkiston yoshlarini milliy va ilmiy ruhda tarbiyalash maqsadida «Turk o‘chog‘i» tashkilotini tuzgan.