"Yosh kitobxon"lar uchun
@yosh_kitobxon_kitoblari_bot
1.6K posts
Zamonaviy

Usmon Azim (1950)

Usmon Azim 1950 yil 13 avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tavallud topgan. O‘zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G‘aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G‘ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa). «Alisher Navoiy» kinoqissasi (1990), «Alpomish» kinodostoni (1997), «Sevgi» (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali...

Abduqayum Yo'ldosh

Abduqayum Yo‘ldosh 1962 yil 29 fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutini (hozirgi Texnika universiteti) bitirgan (1985). «Qaro ko‘zim. Shayx ur-rais» (1990), «Sunbulaning ilk shanbasi» (1998), «Timsohning ko‘z yoshlari» (2003), «Parvoz» (2004), «Bir tun va bir umr» (2007) kabi kitoblari nashr etilgan.R. Bredberi, A. Kristi, F. Braun, E. Potter hikoyalarini, Ye. Berezikovning «Buyuk Temur» romanini (H. Shayxov bilan hamkorlikda), P. Shermuxamedovning «Buyuk Xorazmiy» romanlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Rustam Musurmon (1963)

Rustam Musurmon 1963 yilning 26 avgustida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining Yakkatut qishlogʻida tugʻildi.

Iqbol Mirzo (1967)

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliyev) 1967 yil 1 mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1974 yili tumandagi 19-oʻrta maktabga oʻqishga kirib, 1984 yili oltin medal bilan tamomlagan. Shu yili Fargʻona davlat pedagogika instituti (hozirgi FarDU)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarida harbiy xizmatni oʻtab qaytgan.

Shafoat Rahmatullayev (Shafoat Rahmatullo Termiziy, 1941–2016)

1941 yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1965 yili Toshkent Davlat konservatoriyasini tamomlagan. Uning “Janub shamoli”, “Umid ostonasi”, “Ozod soʻz”, “Koʻrinmay gulladim”, “Shoh va shoir” singari kitoblari nashr qilingan. Shuningdek, musiqa sohasida “Musiqa uslubiyoti”, “Musiqa alifbosi” va “Boshlangʻich musiqa” risolalari muallifi hamdir.

Gʻayrat Majid (1976)

1976 yili tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Gul sanam”, “Hech kimga oʻxshamaysan”, “Koʻzlaringni sogʻinaman”, “Koʻksimdagi yulduzlar”, “Ishqqa borar yoʻl” kabi kitoblari nashr etilgan.

Xosiyat Rustamova (1971)

Xosiyat Rustamova 1971 yil Namangan viloyati, Chust tumanidagi Olmos qishlogʻida tugʻildi. Oʻzbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetida, (1988–1993, universitet qoshidagi Oliy adabiyot kursida (2001–2004) tahsil oldi. “Tong yulduzi” gazetasida (1993–1997) ishladi. 2015 yildan “Kitob dunyosi” gazetasi bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi.

Zebo Mirzo (1964)

Zebo Mirzo 1964 yilning 15 dekabrida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi (1982–1987). Toshkent Davlat sanʼat instituti katta laboranti, oʻqituvchisi (1987–1991), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri (1991–1995), “Yozuvchi” nashriyoti boʻlim mudiri (1995–1999), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” radiokanali katta muharriri (1999–2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006 yildan “Oʻzbekiston” telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

Gʻafur Shermuhammad (1973)

Gʻafur Shermuhammad 1973 yil Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻildi. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Enaxon Siddiqova (1954)

Enaxon Siddiqova 1954 yili Fargʻona viloyati, Oltiariq tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. Fargʻona davlat institutining filologiya fakultetida (1972–1976) tahsil oldi. Oltiariq va Fargʻona tumanlari maktablarida oʻqituvchi, maktab direktori vazifalarida xizmat qildi (1976–1996). Oʻzbekiston XDP Fargʻona tumani ikkinchi kotibi (1996), “Fargʻona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi muxbiri (1990–1997), Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari kotibiyati xodimi (1997–2001) lavozimlarida ishladi. Hozir Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari, “Qalb sadosi” haftalik gazetasining bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi. Enaxon Siddiqova 2013 yildan Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, 2015 yildan Oliy...