
(hikoya || ҳикоя) Кириллчаси бор ⏬👇 Ufqda quyosh chala pishgan anorga o`xshab turibdi. Sho`x-quv bolalar maktabdan qaytgan zahoti portfelni bir chekkaga uloqtirib, har galgidek o`yinni boshlab yuborgan edi. Alakaning itidek mushtdekkina koptokning ortidan quvishadi. Hammaning ham omadi chopavermaydi. Ayniqsa, G’appor shoshmaga o`xshagan landovur koptok u yoqda qolib, duch kelgan toshni tepib ketaveradi. Oqibat nima bo`ladi: oyog`i titilib ketadi-da. Bu ham mayli, o`pkasi shishib ketganichi? Bolalar kelishib, biroz dam oladigan bo`lishdi. Havo jingirtob. Bu issiqda badaningizdan suv quyulib chiqadi. Qushlar ham uchishga erinib daraxtlarga, tomlardagi televizor antennalariga, elektr toki o`tgan simlarga qo`nib olgan. Qizg`in...
English 🇬🇧⏬👇 Turkistondagi mutaasiblar ayollarga ovoz berish huquqini berishga qat’iyan qarshi chiqdilar. Jadidlar uchun bu mutlaqo mantiqsiz edi, chunki bu holda ular millatning yarmi ovozidan voz kechayotgan bo‘lishar, demakki, hokimiyatni yevropaliklarga topshirishardi. Aslida, 1917-yil musulmon siyosatini belgilagan kelishmovchiliklardan biri aynan ayollar masalasi bo‘yicha bo‘lgan bahs edi. Abdulhay Tojiyev ismli juda yosh muallif tomonidan yozilgan, qizlar uchun maktablar zarurligini ta’kidlagan maqola ulamolarni ayollarni “noqis ul-aql” (aqlida nuqsoni bor) deb hisoblagani uchun tanqid qilgan edi. Javoban, Mullo Sayyid Maqsudxon Mahdum ismli bir kishi Tojiyevning bu iborani tanqid qilganidan qattiq g‘azablandi. Uning fikricha...
English 🇬🇧 ⏬👇 AQSHdagi Carleton kolleji professori hisoblanuvchi Adib Xolidning o’zbek tiliga “O’zbekiston tavalludi” nomi ostida tarjima qilingan kitobi mamlakatimiz tarixidagi o’ta murakkab jarayon hisoblanuvchi 1917 yildan 1932 yilgacha va uning atrofida sodir bo’lgan voqea hodisalarni tilga oladi. Muallifga ko’ra 1924-yilda tashkil topgan O’zbekiston bu ko’p jihatdan inqilobdan oldingi ziyolilarning davomli merosi bo’lgan. Sovet inqilobi davrigacha zamonaviy yangi ziyolilar (jadidlar) xurofotchi dindorlar, va qoloqlik va boshboshdoqlik domidagi to’ralarga qarshi aqliy va fikriy janga kirishgan, o’z tarafdorlarining safini jonlari va mollarini qurbon qilib bo’lsa ham ancha kengaytirib, “Musulmon Turkistonida” yangi zamonaviy...

(Hikoya) || (Ҳикоя) Кириллчаси бор 👇⏬ 1 Ayol yumushlarining arqonidan bo`shalib, qandaydir g’ayritabiiylikni sezadi-da, yerga qaraydi. Nima bo`layotganini tushunmaydi… Soyalar qizchasining arg`imchog`iday u yoqdan bu yoqqa borib keladi. Odatda, shamol tufaylimi yoki boshqa sababmi chiroq tebransa shunaqa bo`ladi. Biroq, kuppa-kunduzi chiroq nima qilsin. Ayolning atrofida qushlar g`uj, xuddi dunyodagi bor qushlar uning girdiga to`planganday. Ular bir-biriga gal bermay chirqillashadi, nolavash. Ayol boshini xiyol ko`tarib, osmonni sinchiklab kuzata boshlaydi. Yo tovba-a!... Bulutlar goh g`arb tomon, goh sharq tomonga chaqqon borib keladi. Titrab-titrab borib keladi. Quyosh shamolda silkinayotgan chiroqdek tebranadi. Ayol...
Kutubxona aql shifoxonasidir || A library is a hospital for the mind. Anonymous

English 🇬🇧 below ⏬👇 “Odamni tuproqdan yaratgan va sokinlik topishi uchun undan o’z juftini yaratgan hamda ularning nikoh orqali oila qurib yashashlarini iroda qilgan Qodir va Hakiym Allohga U Zotning jaloliga yarasha hamdu sanolar bo’lsin!” Kitob yuqorida keltirilgan nafis so’zlar bilan boshlanib, oila qurish va uni munosib saqlash borasidagi barcha jabhalarni ikr-chikirlarigacha qamrab olib, nafaqat diniy -islomiy, balki amaliy, strategik, psixologik ko’rsatmalar beradi-ki, uni amalda qo’llagan har kim inshaalloh koni foyda topadi. Taloq mavzusi shunchalik keng va batafsil yoritilganki, uning mas’uliyatini, javobgarligini chindan tushunib, his qilgan har qanday kishi “taloq” so’zini og’ziga olish u yoqda tursin, xayoliga ham...

(English🇬🇧 below👇⏬) Naqshbandiya tariqati pirlaridan biri Xoja Ali Romitaniy umrining oxirida Xorazm darvozasiga yetganida, unga kirib joylashish uchun ruxsat olib kelish maqsadida ikki muridini shohning huzuriga yuboradi. “Shohga borib aytinglar, eshigingizga bir faqir tikuvchi keldi, shahringizga joylashish uchun sizdan ijozat so’rayapti. Ruxsat bersangiz shaharga kiradi, yo’qsa ortiga qaytib ketadi. Agar ijozat bersangiz, buni tasdiqlash uchun farmon yoki hujjat talab qilyapti”, denglar” – deya ularni jo’natadi. Kelganlarning gaplarini eshitgan shoh yuzlab odamlar ruxsatsiz kirib chiqayotgan bu shaharga kirish uchun ijozat so’rayotgan to’quvchiga muhri bosilgan ruxsatnoma qog’ozini yuboradi. Shohning ruxsatini olgan Xoja Ali...

(English 🇬🇧below 👇⏬) *** Xojagon-Naqshbandiya tariqatiga kirgan Solik(– tariqatga kirgan kishi)larning kiyim boshlari sunnatga muvofiq bo’lib, boshqa mo’minlarning kiyimlaridan farq qilmasligi kerak… har kim o’z kasbiga mos kiyim kiyadi, xalq orasida ko’rinishi va kiyinishi bilan ajralib turmaydi. Zero darveshlik qolip bilan emas, qalb bilandir.