O‘ZLITINEFTGAZ uz
@liting.uz_uz
Ўзбекистон Республикаси нефть ва газ саноати илмий-тадқиқот ва лойиҳалаш компанияси
101 posts

«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida innovatsiyalarni taqdim etmoqda

15 dekabrdan 19 dekabrga qadar «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi maydonida bo‘lib o‘tayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda.

«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ Konstitutsiya kuni va huquqiy hamda moliyaviy madaniyat masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi

2025-yil 5-dekabr kuni “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ konferensiya zalida bir qator muhim sanalar va dolzarb yo‘nalishlarga bag‘ishlangan ma’lumot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Boshqaruv raisi U.S. Nazarov ochib berdi hamda barcha xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklab, mazkur hujjatning inson huquq va erkinliklarini ta’minlovchi muhim kafolat ekanini ta’kidladi.

ANPD sharoitlarida quduqlarni sementlash bo‘yicha yangi yechimlar: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ laboratoriyasi tadqiqotlarni kengaytirmoqda

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi konlarida nafaqat quduq qazish, balki uzoq yillar davomida o‘zlashtirilayotgan konlarda mahsuldor gorizontlarning yotuv intervallarini mustahkamlash masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda anomal past plast bosimi (ANPD) sharoitida bu vazifa yanada muhim hisoblanadi.

Hayot xavfsizligining to’rtta yo’nalishi bo’yicha seminar

Xodimlarning kasbiy malakasi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida «O‘ZLITINEFTGAZ» AJda davlat til siyosatini rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va axborot xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ sanoat va ekologik xavfsizlik yo‘nalishida yuqori bahoga sazovor bo‘ldi

2025-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ sanoat va ekologik xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasi sohalarida yuqori darajadagi faoliyatini namoyon etdi. «O‘zbekneftgaz» AJ departamenti tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, Jamiyat faoliyati 91,7 ball bilan baholanib, «a’lo» darajaga tenglashtirildi.

«O‘ZLITINEFTGAZ» AJda BIM texnologiyalarini takomillashtirish

BIM texnologiyalari (Building Information Modeling) «O‘ZLITINEFTGAZ» AJda loyihalash, muvofiqlashtirish va obyektlarni kuzatib borishning asosiy vositasi sifatida mustahkam o‘rin egallagan. Ularning joriy etilishi strategik rivojlanish jarayonlariga yangi turtki berdi, loyiha sikllarining boshqaruvchanligini oshirdi hamda texnik hujjatlarning sifatini yangi bosqichga olib chiqdi.

«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ Mustaqillik kuni va kompaniya tashkil topganining 60 yilligini nishonladi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi arafasida «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ da ikki muhim sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi — mamlakatimiz Mustaqilligi kuni va kompaniyaning tashkil topganiga 60 yil to‘lgan sana.

Toshkent davlat texnika universitetida «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ ishtirokida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi

2025-yil 20-may kuni Toshkent davlat texnika universitetida “Uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish, ularni qayta ishlash samaradorligini oshirish va neft-gaz sohasi uchun kadrlar tayyorlashda klasterlarning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi.

«OʻZLITINEFTGAZ» AJda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik ishlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda joriy yilning 12-martida “O‘zbekneftgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishga asosan qabul qilingan 01-43-03-111-sonli Bayonning qaror qismidagi 3-bandida yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida «OʻZLITINEFTGAZ» AJda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Tarmoqning barqaror rivojlanishi bo‘yicha muloqot: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJning ENERGY FORUM 2025’dagi ishtiroki

2025-yil 13–15-may kunlari OGU 2025 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida ENERGY FORUM bo‘lib o‘tmoqda. Bu forum neft-gaz sohasidagi yetakchi ekspertlar va kompaniya vakillarini jamlab, sohaning dolzarb muammolari va innovatsion yechimlarini muhokama qilishga xizmat qiluvchi asosiy biznes maydoniga aylandi.