Ko‘cha boshqacha ko‘rinardi. Dunyo o‘zgarib ketgandi! Odamlar qayoqqadir shoshilishar, trotuarlar odamga to‘la, atrof g‘ujg‘on o‘ynardi. Askarlar dubulg‘alari ostidan atrofga shaytonlarcha qarab turishardi. Nima bo‘ldi o‘zi? Har safar e’tiborini jamlashga uringanida, xayollari shamoldagi changday to‘zg‘ib ketardi. U faqat do‘sti Muhsinning ustaxonasiga ketayotganini eslashi mumkin edi. Muhsin, qariya, qayerdasan? Bu ko‘cha oygacha cho‘zilib ketgandek tuyulardi... U oqsoqlanib, chayqalib borardi, oyoqlari unga deyarli bo‘ysunmasdi. Quyosh xira nur sochar, nurlari qandaydir qorong‘i edi. U o‘zini g‘alati his qilardi, lekin tabassumi va hatto kulgisi ham yo‘qolmasdi. U odamlarga qiziqsinib qarardi: ularni nima haydayapti? Boshidagi tarbush...
Bulutlar quyuqlashib, atrofni qorong‘ilik qopladi. Yomg‘ir maydalab yog‘a boshladi. Ko‘cha ustidan zax hidi anqigan sovuq shamol esdi. Yo‘lovchilar qadamlarini tezlatishdi. Ba’zilari avtobus bekati ayvoniga yashirinishdi. Hammasi zerikarli va odatdagidek edi. Birdan muyulishdan bir odam yugurib chiqdi-da, shosha-pisha tor ko‘chaga otildi. Uning ortidan bir to‘da erkaklar va bolalar: "O‘g‘ri! O‘g‘rini ushla!" deb baqirib yugurdilar. Qichqiriqlar asta-sekin tindi, ovozlar uzoqlashib, so‘ndi. Ko‘cha bo‘m-bo‘sh bo’lib qoldi. Faqat bekat ayvoni ostidagi odamlar qoldi - kimdir avtobusni, kimdir yomg‘irning tinishini kutardi.
Chang bosgan hovlida qabristondagidek yolg‘iz xurmo daraxti bor edi. U hovli yonidan o‘tayotganida doim shu haqda o‘ylardi. Bugun uni shlangdan yer sug‘orayotgan uy egasi to‘xtatdi:
Nima qilish kerak?! Qamoqdan chiqqanidan beri u tilanchilik qilardi: u yerdan bir piastr, bu yerdan bir piastr, na ish bor, na umid. Uning birinchi marta qamalishi emas, chamasi, oxirgisi ham emas. Endi u hayotdan o‘chirib tashlangan. Umid bog‘lagan barcha odamlari undan yuz o‘girdi. Kimga murojaat qilmasin, hech kim unga ish bermadi. Hatto nasha sotuvchilar ham unga ishonishni xohlamadilar. Kunlar o‘tar, u esa tobora cho’kib borardi. Charchoqdan holdan toyib, eski tanishlari bilan aloqalarini qayta tiklash umidida qahvaxonadan qahvaxonaga sarson kezardi, ammo behuda - uni hamma joyda unutishgandi: u bilan hech kim gaplashmas, hech kim unga yaqinlashmasdi. Faqat norozilik to‘la nigohlar uni teshib o‘tardi xolos.
- Sen ham biron sh bilan shug‘ullansang bo'lmaydimi? - dedi bir kuni onam. So‘ng qo‘lini cho‘ntagiga solib, qo‘shib qo‘ydi: - Mana piastr, borib loviya sotib ol. Yo‘lda bolalar bilan o‘ynama, ehtiyot bo‘l, tag'in mashina tagida qolib ketmagin!