
Yangi fazaga to'liq o'tishdan oldin, shu paytgacha qanday ruhiy chuqurliklarga tushganimizni bir joyga jamlashga qaror qildim. G'orimizga yangi kelganlar, pastdagi arxiv xaritasi orqali atrofni o'rganib chiqishi mumkin.

O'zining so'nggi filmida, bir paytlar taqiqqa uchragan kinorejissyor Ja’far Panohiy qarshilik ko'rsatish haqidagi chigal, ta'sirchan va kutilmaganda kulgili voqeani hikoya qiladi.

Qalbimizning eng teran va xilvat burchaklarida siz ham, men ham juda yaxshi anglaydigan, biroq tan olishdan mudom qochadigan bir haqiqat bor. Biz o'zimizga o'zimiz xo'jayin emasmiz.

“Ba’zan odam kuchli bo‘lgani uchun emas, boshqa yo‘li qolmagani uchun o‘zini topadi.”

Har narsa qulay, chiroyli, mantiqli. Faqat bir muammo bor, bu saroyda na havo bor, na yurak.

"Zerikarli" ta'rifi — Kubrik uchun haqorat emas, balki shunchaki uslub. U tomoshabinni shunchaki quvontirishdan ko'ra, fikrlashga undashni afzal ko'radigan rejissyor. Taniqli kinotanqidchi Tomas Allen Nelson Kubrik kinolarini "labirint" va "tasodif estetikasi" ustiga qurilgan deb ta'riflaydi: voqealar doim ham aniq-oydin emas, balki ochiq talqin uchun berilgandek; ma'no esa tayyor xulosa shaklida berilmaydi — uni topish tomoshabinga qoladi. Mana shu labirint metaforasi Kubrikni tushunishning eng to'g'ri kalitidir.

Ko‘pchilik filmni oddiy bir hikoya deb biladi. Kubrik esa filmni organizm deb bilgan. Uning asarlari nafas oladi, o‘sadi, seni kuzatadi. Ha, ularning yuragi urmaydi, biroq ular tirikdek g'oyo. "2001: A Space Odyssey", "Barry Lyndon" va "The Shining" — ushbu uchta film uch xil o‘lim haqida. Texnologiya, go‘zallik va yolg‘izlik — hammasi insonni asta-sekin yemirib boradi. Ushbu filmlar sukunatdan qo'rqadiganlar uchun emas, Kubrik nafaqat film mazmunini balki o'zingizni eshitishni ham talab qiladi.

Bugun bu usul shunchaki dangasalikdan kelib chiqqan bahonadek tuyuladi. Axir, bugunimizdagi cheksiz mehnat qilish ardoqlanadigan ish madaniyati davrida ishni yarimta qoldirish, zaiflik emasmikin? Lekin qizig'i psixologiya Hemingueyni bu masalada yoqlaydi.

Nega inson yaratuvchan mavjudot? Nega tabiat unga ijod qilish, she’r yozish yoki rasmlar chizish ehtiyojini berdi?

Ijod va ijodkorlik haqida ko‘p gapiramiz, lekin u aslida qayerdan boshlanadi-yu qayerda tugaydi? Bu shunchaki osmonga qarab turib kelgan ilhom chaqnashimi yoki miyaning jim ishlaydigan mexanizmidan tug‘ilgan natijami?

“Eng chin haqiqatlar — bu taqiqlangandek tuyuladigan fikrlar. Ularni aytib bo‘lmaydi. Ular faqat topiladi, pichirlab aytiladi yoki yozilgan satrlardan seziladi.”