RavXon Uz - Hayot. Biznes. Darslar. Kurslar
@ravxonuz
"RavXon" loyihasi doirasida berib boriladigan yangiliklar, xabarlar, ma'lumotlar omborchasi
15 posts

YUQORI DAROMADLI BIZNESNI SHAKLLANTIRISHGACHA – 3 QADAM

O‘ylashimcha, har qanday biznesning egasi o‘z-o‘ziga “Yuqori daromad keltiradigan biznesni qanday shakllantirish mumkin?”, degan savolni beradi, va ushbu savolning javobini navbatdagi “sehrli tayoqcha”dan qidiradi. Ko‘pchilik maslahatchilar sizga quyidagi kabi tor doiradagi masalalar bo‘yicha o‘z maslahatlarini bergan bo‘lishlari tayin: - “sayt orqali sotish hajmini qanday ko‘paytirish mumkin”; - “OAV orqali reklamaning samarasini oshirish yo‘llari”; - “bepul front-end mahsulotlari vositasida ko‘proq xaridorlarni jalb qilish usullari” va hokazolar.

ЮҚОРИ ДАРОМАДЛИ БИЗНЕСНИ ШАКЛЛАНТИРИШГАЧА – 3 ҚАДАМ

Ўйлашимча, ҳар қандай бизнеснинг эгаси ўз-ўзига “Юқори даромад келтирадиган бизнесни қандай шакллантириш мумкин?”, деган саволни беради, ва ушбу саволнинг жавобини навбатдаги “сеҳрли таёқча”дан қидиради. Кўпчилик маслаҳатчилар сизга қуйидаги каби тор доирадаги масалалар бўйича ўз маслаҳатларини берган бўлишлари тайин: - “сайт орқали сотиш ҳажмини қандай кўпайтириш мумкин”; - “ОАВ орқали рекламанинг самарасини ошириш йўллари”; - “бепул front-end маҳсулотлари воситасида кўпроқ харидорларни жалб қилиш усуллари” ва ҳоказолар.

SARMOYA ALIFBOSI

Biznesda muvaffaqiyatsizlikning 3 ta asosiy sababi

Biznes egalariga birinchi navbatda quyidagi savolni berishni istardim:

Бизнесда муваффақиятсизликнинг 3 та асосий сабаби

Бизнес эгаларига биринчи навбатда қуйидаги саволни беришни истардим:

Qanday qilib, ortiqcha xarajatlarsiz korxona foydasini 25%ga oshirish mumkin?

Shu kunlarda men quyidagi voqeaning guvohi bo‘lib qoldim. Tumanimizdagi do‘konlarning bittasiga did bilan kiyingan, ammo yuzidan biroz tashvishli ko‘ringan kishi kirib keldi, va yoniga tanish sotuvchini chaqirib, u bilan o‘zini qiynayotgan masalalar bilan o‘rtoqlasha boshladi. Ularning suhbatlaridan shuni tushundimki, bu kishi ham xuddi shunaqa oziq-ovqat bilan savdo qiladigan do‘konning egasi. Tushunishimcha, u o‘zining tanishining oldiga maslahat olishga, o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan hamkasbi bilan kengashib olishga kelgan. Yana shuni tushundimki, uning do‘konida savdo hajmi tushib ketgan, mos ravishda foyda ham pasaygan va xaridorlar soni kamaymoqda. Men ularning suhbatlariga aralashmadim. Ammo, birmuncha fikr yuritishdan keyin...

Қандай қилиб, ортиқча харажатларсиз корхона фойдасини 25%га ошириш мумкин?

Шу кунларда мен қуйидаги воқеанинг гувоҳи бўлиб қолдим. Туманимиздаги дўконларнинг биттасига дид билан кийинган, аммо юзидан бироз ташвишли кўринган киши кириб келди, ва ёнига таниш сотувчини чақириб, у билан ўзини қийнаётган масалалар билан ўртоқлаша бошлади. Уларнинг суҳбатларидан шуни тушундимки, бу киши ҳам худди шунақа озиқ-овқат билан савдо қиладиган дўконнинг эгаси. Тушунишимча, у ўзининг танишининг олдига маслаҳат олишга, ўзидан тажрибалироқ бўлган ҳамкасби билан кенгашиб олишга келган. Яна шуни тушундимки, унинг дўконида савдо ҳажми тушиб кетган, мос равишда фойда ҳам пасайган ва харидорлар сони камаймоқда. Мен уларнинг суҳбатларига аралашмадим. Аммо, бирмунча фикр юритишдан кейин, ўзимнинг нуқтаи-назаримни қоғозга солишга...

Qanday qilib biznesda reklamaning foyda keltiruvchi texnikalarini qo‘llash mumkin?

Chet el safaridan qaytgach, qadrdon shahrim ko‘chalaridan yurganimda beixtiyor ulardagi va shahar gazetalarida chop etilayotgan reklamalarga eʼtibor bera va ularni boshqa davlatlardagi reklamalar bilan taqqoslay boshladim. Men turli kompaniyalar joylashtirayotgan reklamalarni diqqat bilan o‘rgana boshladim, va beixtiyor menda: “Reklamalarni yaratishning texnologiyalari haqiqatda ham bormikan?”, “Shu reklamalarni yaratib, joylashtirayotganlarning ushbu texnologiyalardan xabarlari bormikan?”, degan savol tug‘ildi. Agar ular ana shu texnologiyalar bilan tanish bo‘lsalar, unda demak, biz, ana shu reklamalar mo‘ljalga olgan shu shaharda istiqomat qiluvchilar ham ularni bilishimiz va tushunishimiz kerak, shunday emasmi?

Қандай қилиб бизнесда рекламанинг фойда келтирувчи техникаларини қўллаш мумкин?

Чет эл сафаридан қайтгач, қадрдон шаҳрим кўчаларидан юрганимда беихтиёр улардаги ва шаҳар газеталарида чоп этилаётган рекламаларга эътибор бера ва уларни бошқа давлатлардаги рекламалар билан таққослай бошладим. Мен турли компаниялар жойлаштираётган рекламаларни диққат билан ўргана бошладим, ва беихтиёр менда: “Рекламаларни яратишнинг технологиялари ҳақиқатда ҳам бормикан?”, “Шу рекламаларни яратиб, жойлаштираётганларнинг ушбу технологиялардан хабарлари бормикан?”, деган савол туғилди. Агар улар ана шу технологиялар билан таниш бўлсалар, унда демак, биз, ана шу рекламалар мўлжалга олган шу шаҳарда истиқомат қилувчилар ҳам уларни билишимиз ва тушунишимиз керак, шундай эмасми?

Muvafaqqiyatli biznesning maxfiy texnologiyalari

Har bir rahbar yoki biznes egasini odamlarning uchta guruhidan biriga kiritish mumkin. Marhamat qilib, mening ushbu savolimga rost javob bering: “Siz odamlarning qaysi guruhiga mansubsiz?”. Ehtimol, siz biznes egasi yoki rahbar sifatida doimo daromadlarni saqlash va ko‘paytirish texnologiyalarini izlashda payida bo‘lgan va o‘z natijalaridan mamnun bo‘lgan insondirsiz. Siz hamisha o‘z biznesingizni yana-da ravnaq topishi va o‘z sohangizda birinchi bo‘lishni qanday taʼminlashni bilishga harakat qilasiz.